Jamshid Xodjayev: «O‘zbekiston quyosh energiyasi, farmatsevtika va avtomobilsozlik sohalarida hamkorlikka ochiq»

eʼlon qilindi
Bosh vazir o‘rinbosari «Innoprom» ko‘rgazmasida mamlakatning yangi sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlik imkoniyatlarini ma’lum qildi
Ekran tasviri / centralasia.biwexpo.com

Innoprom. Markaziy Osiyo xalqaro ko‘rgazmasi doirasida «Texnologik markazlar — Yevroosiyoning yangi sanoat landshafti» mavzusidagi asosiy yalpi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Asosiy e’tibor muqobil energiya, axborot texnologiyalari hamda yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini joriy etishga qaratildi.

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev xomashyoni chuqur qayta ishlash va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish mintaqa uchun muhimligini qayd etdi.

«Biz xomashyoni chuqur qayta ishlash va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni mahalliylashtirish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etishdan manfaatdormiz.», — dedi u.

Rasmiyning ta’kidlashicha, mamlakat quyosh va shamol energiyasini rivojlantirish, shuningdek, to‘qimachilik, farmatsevtika va avtomobil ishlab chiqarish sohalarida qo‘shma tashabbuslar hamda texnologiyalar transferi uchun to‘liq ochiq.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

O‘z navbatida, Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev hududning aniq investitsion ko‘rsatkichlarini keltirib o‘tdi. Ma’lum qilinishicha, 2025-yil yakunlariga ko‘ra viloyatga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi $5,1 mlrdni tashkil etgan. 2026-yilgi rejada esa ushbu ko‘rsatkichni $6 mlrdga yetkazish maqsadi qo‘yilgan.

Hozirgi kunda Toshkent viloyati hududida 70 dan ortiq erkin iqtisodiy zonalar, jumladan, 10 ta ixtisoslashtirilgan sanoat hududi faoliyat ko‘rsatmoqda. Xorijiy hamkorlik doirasida bugungi kunda viloyatda 300 ta Rossiya kompaniyasi ish olib bormoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ishlab chiqilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek