Pedagoglar uchun ipoteka subsidiyasiga arizalar qabuli boshlandi

eʼlon qilindi
Ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya uchun arizalar 16-martdan qabul qilinadi
Foto: Facebook.com

20-aprel kuni soat 14:00 dan boshlab oliy malaka toifasiga ega pedagoglar uchun ipoteka subsidiya dasturiga arizalar qabul qilina boshlandi.

Mazkur dasturga ko‘ra, davlat budjeti hisobidan ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi. Bu imkoniyat oliy malaka toifasi yoki bosh o‘qituvchi lavozimiga ega pedagoglar uchun mo‘ljallangan.

Subsidiya olish uchun pedagog kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, uning nomida ikkitadan ortiq uy-joy bo‘lmasligi va kredit tarixi ijobiy bo‘lishi talab etiladi.

Ariza topshirish jarayoni soddalashtirilgan. Pedagoglar my.gov.uz portali, mobil ilova yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq nufuzli xorijiy OTMlarda ilmiy daraja olgan mutaxassislarga ipoteka krediti ajratilishi haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, kredit O‘zbekiston hududida birlamchi uy-joy bozoridan uy-joy sotib olish uchun ajratiladi. Kredit miqdori bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 2 150 baravarigacha etib belgilangan bo‘lib, 10-yil muddatga har oyda qaytarish sharti bilan beriladi.

Shuningdek