«Qasoskorlar: Final» filmi yangi kadrlar bilan qayta namoyish etiladi

eʼlon qilindi
Yangi lavhalar filmni kelgusidagi «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» voqealari bilan bevosita bog‘laydi
Foto: DNEG

Shotlandiyadagi Sands kinofestivalida rejissyor Jo Russo «Qasoskorlar: Final» (Avengers: Endgame) filmi 25-sentyabr kuni yangi kadrlar bilan kinoteatrlarga qaytishini e’lon qildi.

Jo Russoning ta’kidlashicha, qayta namoyish etiladigan filmga kiritilgan yangi kadrlar ikki loyiha o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik yaratadi. U ushbu jarayonni sevimli qahramonlar hikoyasini davom ettirish uchun noyob va juda muhim imkoniyat deb baholadi.

Koinotdagi o‘zgarishlarga ko‘ra, aktyor Robert Dauni bosh yovuz qahramon Doktor Dum rolida namoyon bo‘ladi. Rejissyorning aytishicha, aktyor o‘z qaytishini qariyb ikki yarim yil oldin rejalashtirishni boshlagan.

Foto: Reddit

«U eng zo‘r qahramonni o‘ynadi va endi eng yovuz qahramonni o‘ynaydi», — dedi Jo Russo aktyorning qarori haqida.

Ma’lumot o‘rnida, «Qasoskorlar: Final» butunjahon prokatida $2,8 mlrd ishlab topgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha tarixda ikkinchi o‘rinda turadi. Shuningdek, ushbu kinokartina $1,2 mlrd daromad bilan jahon miqyosidagi eng katta ochilish haftaligi rekordini ham o‘zida saqlab qolmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmining ilk tizeri e’lon qilingani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek