Rassom va haykaltaroshlar uchun haq to‘lash tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Narx asarning badiiy qiymatiga qarab, eng kam ish haqi miqdoriga nisbatan hisoblanadi
Andijonda rassomlar festivali o‘tkaziladi, g‘oliblarga avtomobil beriladi
Foto: internet

Adliya vazirligi tomonidan davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan san’at asarlari mualliflariga haq to‘lash tartibi tasdiqlandi.

Yangi nizomga ko‘ra, tasviriy va amaliy san’at asarlarini yaratgan mualliflarning ish haqi hamda ishlatilgan xomashyo xarajatlari aniq tartib asosida belgilanadi.

Asarlarning narxini O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi aniqlaydi. Narx asarning badiiy qiymatiga qarab, eng kam ish haqi miqdoriga nisbatan hisoblanadi.

Kengash boshqa asarlardan ko‘chirilgan yoki tayyor namunaga asoslangan ishlarni baholash uchun qabul qilmaydi. Baholash jarayonida asarning turi, murakkabligi, unga sarflangan mehnat va muallif ijodi hisobga olinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farrux Zokirovni yubileyi munosabati bilan «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlagan edi.

Shuningdek