Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga kompensatsiya to‘lovlari belgilandi

Ekopolitsiya Qashqadaryo viloyatida o‘tkazgan tekshiruvida Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi faoliyatini o‘rgandi. Bu haqda Ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.
Aniqlanishicha, korxona atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, atmosfera havosini muhofaza qilish talablari buzilgan.
Shuningdek, chang-gaz tozalash uskunalari va oqova suvlarni tozalash inshootlari ekologik talablarga javob bermagani qayd etildi.
Mazkur holatlar yuzasidan korxonaga qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovlari belgilandi. Bundan tashqari, 16 ta majburiy ko‘rsatma berildi.
Qo‘mitaga ko‘ra, holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar yakuniy qaror qabul qilish uchun sud organlariga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 717 mln so‘mlik baliq ovlaganlar «ovlangani» haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, ekopolitsiya xodimlari tomonidan Qoraqir tabiiy suv havzasida o‘tkazilgan reyd davomida uch nafar fuqaro qo‘lga olindi.