Yaponiyada kuchli zilzila ortidan sunami xavfi e’lon qilindi — video

eʼlon qilindi
Zilzila epitsentri Tinch okeanida, taxminan 10 km chuqurlikda joylashgan
Yaponiyada kuchli zilzila ortidan sunami xavfi e’lon qilindi
Yaponiyada kuchli zilzila ortidan sunami xavfi e’lon qilindi / Foto: Reuters

20-aprel kuni Yaponiyaning shimoli-sharqiy sohillari yaqinida kuchli zilzila sodir bo‘ldi. NHK nashrining qayd etishicha, hukumat yirik sunami hodisasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Video: TBS News

Yaponiya meteorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, zilzila epitsentri Tinch okeanida, taxminan 10 km chuqurlikda joylashgan. Hodisadan so‘ng sunami xavfi e’lon qilindi. Yer silkinishining magnitudasi 7,5 ga teng bo‘lgani ma’lum qilingan.

Video: Ijtimoiy tarmoqdan

Mutaxassislar eng kuchli to‘lqinlar Ivate prefekturasi, Aomori prefekturasi va Xokkaydo hududlarida kuzatilishini bildirdi. Sunami to‘lqinlari balandligi 3 metrga yetishi mumkin. Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi favqulodda shtab ishga tushirilganini ma’lum qildi. U aholini zudlik bilan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilishga chaqirgan.

Video: Nippon

Hozirda hududlarda qutqaruv va ogohlantirish ishlari olib borilmoqda. Rasmiylar vaziyatni doimiy nazorat ostiga olgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek