
20-aprel kuni Yaponiyaning shimoli-sharqiy sohillari yaqinida kuchli zilzila sodir bo‘ldi. NHK nashrining qayd etishicha, hukumat yirik sunami hodisasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Yaponiya meteorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, zilzila epitsentri Tinch okeanida, taxminan 10 km chuqurlikda joylashgan. Hodisadan so‘ng sunami xavfi e’lon qilindi. Yer silkinishining magnitudasi 7,5 ga teng bo‘lgani ma’lum qilingan.
Mutaxassislar eng kuchli to‘lqinlar Ivate prefekturasi, Aomori prefekturasi va Xokkaydo hududlarida kuzatilishini bildirdi. Sunami to‘lqinlari balandligi 3 metrga yetishi mumkin. Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi favqulodda shtab ishga tushirilganini ma’lum qildi. U aholini zudlik bilan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilishga chaqirgan.
Hozirda hududlarda qutqaruv va ogohlantirish ishlari olib borilmoqda. Rasmiylar vaziyatni doimiy nazorat ostiga olgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezilgani haqida yozgan edi.