Etihad Airways Toshkent — Abu-Dabi yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

eʼlon qilindi
17-avgustdan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshiradi
Foto: Forbes

Joriy yilning 17-avgustidan boshlab BAAning Etihad Airways aviakompaniyasi Toshkent — Abu-Dabi — Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi ma’lum qilindi.

Foto: Transport vazirligi

Ushbu kelishuvga O‘zbekiston Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev hamda Etihad Airways aviakompaniyasi bosh operatsion direktori kapitan Majed Al-Marzuki o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar davomida erishildi.

Aviakompaniya bosh ofisida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlarning bugungi holati hamda yo‘nalishlar tarmog‘ini bosqichma-bosqich kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Foto: Transport vazirligi

O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarning tiklanishi yo‘lovchilar uchun logistik qulayliklarni oshiradi. Xususan, o‘zbekistonlik yo‘lovchilar endilikda Abu-Dabi orqali Yevropa, Osiyo, Avstraliya, Afrika va Shimoliy Amerikadagi 70 dan ortiq xalqaro yo‘nalishlarga qulay tranzit orqali uchish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent va Yerevan o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek