Ikki hududda chet elga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

eʼlon qilindi
Hozirda har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan
Ikki hududda chet elga ishga yuborishda firibgarlik holatlari fosh etildi
Foto: DXX

Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida chet elga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, tezkor tadbirlar davomida bir necha shaxslar fuqarolarni chet elga ishga yuborish bahonasida pul talab qilgani aniqlangan. Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi rahbari Xatirchi tumanida yashovchi 2006-yilda tug‘ilgan fuqaroni ishga joylashtirishni va’da qilgan. U barcha hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, uni Bolgariyaga yuborish uchun $3 ming olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: DXX

Shunga o‘xshash holat Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida ham qayd etildi. Toshkent viloyatida yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan shaxs ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirgan. Ularni Isroilga ishga yuborish va ishchi vizasini tanishlari orqali tayyorlab berishini aytgan. Bu xizmat uchun u $20 ming talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida ushbu shaxs Qashqadaryo viloyatiga kelib, so‘ralgan mablag‘ning 5 ming dollarini olgan paytida qo‘lga olingan. Hozirda har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Hajga yuborishni va’da qilib $26 ming talab qilgan shaxs ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek