O‘zbekiston rossiyalik sayyohlar uchun eng ommabop manzilga aylandi

eʼlon qilindi
Mamlakatga 223 ming nafar Rossiya fuqarolari tashrif buyurgan
O‘zbekiston rossiyalik sayyohlar uchun eng ommabop manzilga aylandi
Foto: Pexels

Rossiyalik sayyohlar orasida may bayramlari uchun eng mashhur xorijiy aviayo‘nalish sifatida O‘zbekiston birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda «Tutu» servisi tadqiqotiga tayanib «TASS» xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston ushbu davrdagi barcha bandlashlarning 16 foizini tashkil qilgan. Natijada, mamlakat o‘tgan yilgi uchinchi o‘rindan birinchi pog‘onaga ko‘tarildi. Ikkinchi o‘rinni 15 foiz bilan Turkiya egallagan. Belarus esa 11 foiz bilan uchinchi pog‘onadan joy olgan. Har ikkala davlat o‘tgan yilga nisbatan bir pog‘onadan pastlagan.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-mart oylarida 164 ta mamlakatdan jami 2,87 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Ulardan 223 ming nafari Rossiya fuqarolariga to‘gri keladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston 2030-yilgacha 20 mln xorijiy sayyohni jalb qilishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek