Surxondaryo va Jizzaxda chet elga ishga yuborish firibgarligi fosh etildi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
Surxondaryo va Jizzaxda chet elga ishga yuborish firibgarligi fosh etildi
Foto: Departament

Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida fuqarolarni xorijga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlanib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.J. boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilgan. U buning evaziga $9 ming so‘rab, $5 ming va 12 mln so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Shuningdek, Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida ham shunga o‘xshash holat aniqlangan. Tekshiruv davomida fuqaro Z.A. bir fuqaroni go‘yoki yuqori lavozimdagi tanishlari orqali Janubiy Koreyaga ishga yuborishini aytib, $2,5 mingni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik hamda pora berish bilan bog‘liq moddalari asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri ikki hududda chet elga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek