Xitoyda kuchli qum va chang bo‘roni sodir bo‘lmoqda

eʼlon qilindi
Ayrim joylarda ko‘rinish keskin yomonlashgan
Xitoyda kuchli qum bo‘roni sodir bo‘lmoqda
Foto: VCG

Mo‘g‘uliston hududida yuzaga kelgan siklon Xitoyning shimoliy qismlarida keng ko‘lamli qum va chang bo‘ronlarini keltirib chiqardi. Bu haqda Xitoy davlat televideniyesi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bo‘ronlar 10 dan ortiq viloyatlarni qamrab olgan. Tabiiy hodisaning ta’siri hatto janubiy-g‘arbiy hudud – Sichuan havzasigacha yetib borgan.

Meteorologik kuzatuvlarga ko‘ra, chang bo‘roni Mo‘g‘uliston janubi, Shinjon va Ichki Mo‘g‘ulistonning g‘arbiy qismida shakllangan. Juma kechasidan boshlab shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarda kuchli shamol bilan birga chang tarqala boshlagan.

Video: Ijtimoiy tarmoq

Ayrim joylarda ko‘rinish keskin yomonlashgan. Masalan, Shinjondagi Turpan va Qashg‘ar shaharlarida ko‘rinish 1 kilometrdan ham kamaygan. Ichki Mo‘g‘ulistonda esa havodagi chang miqdori juda yuqori darajaga yetgan.

Gansu viloyatida PM10 ko‘rsatkichi 1035 mkg/m³ gacha ko‘tarilgan. Ichki Mo‘g‘ulistondagi ayrim stansiyalarda bu ko‘rsatkich 1698 mkg/m³ gacha yetgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Yaponiyada kuchli zilzila ortidan sunami xavfi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek