Banklarda avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari yuqoriladi

eʼlon qilindi
20-aprel holatiga ko‘ra
Banklarda mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari qancha
Banklarda mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari qancha / Foto: depositphotos

20-aprel holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 22,8 foizni tashkil qildi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 23,1 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 22,9 foizni ko‘rsatmoqda.

Bunda eng past avtokredit stavkalari quyidagi banklarda kuzatilmoqda:

  • «Infinbank» – 18,5%;
  • «BRB» – 18,7%;
  • «Davr bank» – 19,6%;
  • «SQB» – 21,5%;
  • «Ipoteka-bank» – 21,6%.

Eng yuqori avtokredit stavkasi:

  • «Madad Invest bank» – 27,9%;
  • «Ziraat bank» – 26%;
  • «Trast bank» – 25,6%;
  • «Asia Alliance bank» – 25,4%;
  • «Turon bank» – 25,1%.

Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.

Mikroqarzlar

Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi esa 29,1 foizni tashkil etdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 23,1 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 22,9 foizni ko‘rsatmoqda.

Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:

  • «Tenge bank» – 42,7%;
  • «Anorbank» – 40,4%;
  • «AVO bank» – 39,9%;
  • «Ipak yo‘li bank» – 34,8%;
  • «TBC bank» – 34,6%.

Eng past mikroqarz foiz stavkalari quyidagi banklarda:

  • «Aloqabank» – 24,1%;
  • «Milliy bank» – 24,2%;
  • «Infinbank» – 24,3%;
  • «Trast bank» – 24,7%;
  • «Kapitalbank» – 24,8%.

Bundan oldin ham Kursiv Uzbekistan banklarda avtokredit va mikroqarzlar bo‘yicha foiz stavkalari yuqorilagani haqida yozgandi.

Shuningdek