Dollar yana tushdi: 23-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
22-aprel kuni esa 36,78 so‘mga tushib, 12 060,51 so‘m bo‘lgan edi
Курс доллара / Доллар
Foto: Giorgio Trovato / Unsplash

23-aprel uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 18,06 so‘mga tushib, 12 042,49 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida  shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

16-aprel kuni 49,05 so‘mga oshib, 12 190,43 so‘m bo‘ldi. 17-aprel kuni 25,19 so‘mga tushib, 12 165,24 so‘mga tenglashdi. 20-aprel kuni esa 6,78 so‘mga tushib, 12 128,46 so‘mni tashkil qildi. 21-aprel kuni 31,13 so‘mga tushib, 12 097,33 so‘m, 22-aprel kuni esa 36,78 so‘mga tushib, 12 060,51 so‘m bo‘ldi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 35,69 so‘mga tushib, 14 147,52 so‘mni, rubl esa 0,77 so‘mga oshib, 160,55 so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek