Har bahor shu bo‘lar takror: Qozogʻiston yana olti oyga tuxum importini taqiqladi

eʼlon qilindi
Taqiq mahsulotni barcha transport turlari orqali olib kirishga amal qiladi
Foto: Depositphotos.com

Qozogʻiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi 17-apreldan yana tuxum importini vaqtincha taqiqladi. Tegishli qaror mamlakat normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, taqiq mahsulotni barcha transport turlari orqali olib kirishga amal qiladi. Taqiq uzoq xorijiy davlatlardan importga ham, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo mamlakatlardan ulgurji yetkazib berishga ham tatbiq etiladi.

Shu bilan birga, rasmiylar xalqaro tashuvchilar uchun muhim logistika istisnolarini nazarda tutgan. Xususan, Qozog‘iston hududi orqali yangi tovuq tuxumlari tranzitiga to‘liq ruxsat beriladi. Shuningdek, ushbu mahsulotning ittifoq doirasidagi boshqa davlatlar o‘rtasida Qozog‘iston orqali erkin tranzit qilinishiga ham yo‘l qo‘yiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozogʻiston 2025-yil aprel oyida ham mamlakatga tuxum olib kirishga olti oylik taqiq joriy qilgani haqida xabar bergan edi.

Bunga sabab sifatida bahor-yoz mavsumida tuxumga bo‘lgan talabning pasaygani hamda cheklovlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish bilan izohlangan edi.

Shuningdek