O‘zbekistonlik ikki nafar futbolchi Potrugaliya klubiga o‘tmoqda

22-aprel 2026 11:40 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: O‘FA

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi a’zolari Sadriddin Hasanov va Sayfiddin Sodiqov Portugaliyaning «Braga» klubiga bir yillik ijaraga berilmoqda. Futbolchilar 2026-yilning yozida yangi jamoasiga borib qo‘shiladi.

Foto: Sports24.uz

«Braga» skautlari o‘yinchilarni Qatarda bo‘lib o‘tgan U-17 Jahon chempionatida kuzatgan. 2025-yilning dekabr oyida ular Portugaliya klubining U-23 jamoasida ikki haftalik ko‘rikdan o‘tdi. Kelishuvga ko‘ra, «Bunyodkor» hamda Odil Ahmedov futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarini to‘liq sotib olish huquqi ham mavjud.

Foto: Instagram / Sadriddin Hasanov

Sadriddin Hasanov uchun 250 ming yevro, Sayfiddin Sodiqov uchun esa 300 ming yevro to‘lanishi ko‘zda tutilgan. Agar klub ularni sotib olsa, har ikki hujumchi bilan 5 yillik shartnoma imzolanadi. Keyinchalik o‘yinchilar boshqa jamoaga sotilsa, «Bunyodkor» va Ahmedov akademiyasi transferdan ma’lum foiz oladi.

«Bunday narsalarni klublar e’lon qilishi kerak. Yigitlar o‘tgan yil oxirida «Braga»da malaka oshirganini bilasiz. Hozircha aytishim mumkin bo‘lgan yagona narsa shu», — dedi ProSports Management agentligining O‘zbekistondagi ofisi rahbari Yegor Krimets.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan The Guardian nashri Sadriddin Hasanovni eng iqtidorli 60 nafar futbolchilar ro‘yxatiga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek