Qirg‘izistondan noqonuniy olib kelingan 24,5 kg giyohvandlik moddasi to‘xtatib qolindi

Qirg‘izistondan noqonuniy olib kelingan 24,5 kg giyohvandlik moddasi to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Tezkor tadbir davomida qo‘shni davlatdan noqonuniy olib kelingan 24,5 kg «gashish» moddasi to‘xtatib qolindi.
Ma’lum bo‘lishicha, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1973-yilda tug‘ilgan va avval ham sudlangan shaxs ushbu moddani Xo‘jaobod tumanidagi yashirin joydan olib ketayotgan paytda qo‘lga olingan.
Unga nisbatan kontrabanda va giyohvandlik moddalari savdosi bilan bog‘liq moddalarga, asosan, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud qarori bilan unga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Hozirda uning jinoiy sheriklari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda salkam 9 kg «opiy» giyohvandlik vositasi musodara qilingandi. Birinchi holatda, Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan, ilgari giyohvandlik vositalari savdosi uchun sudlangan shaxs Urganch tumani hududida to‘xtatilib tekshirilgan. Uning yonidan 4,4 kgdan ziyod «opiy» moddasi topilib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.