Yangi Chevrolet Onix va Temur Ishmetovning qo‘l soati — 21-aprel kuni e’lon qilingan yangiliklar

eʼlon qilindi
O‘zbekistonda aholi soni 43 mln bo‘lishi kutilmoqda
В Ташкенте усилился ветер: жителей предупредили о риске падения деревьев
Foto: Kursiv Uzbekistan

Yangi Chevrolet Onix va Temur Ishmetovning qo‘l soati — 21-aprel kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

2032-yilga borib O‘zbekistonda aholi soni 43 mln bo‘lishi kutilmoqda

2032-yilga borib O‘zbekistonda aholi soni 43 mln bo‘lishi kutilmoqda
Foto: Pexels

2032-yilga borib O‘zbekistonda aholi soni 43 mln bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Demografiya, bandlik va turmush darajasini prognoz qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Maqsud Zokirov ma’lum qildi. U bu haqda «O‘zbekistonda demografik barqarorlik: ma’lumotlar, siyosat va iqlim o‘zgarishi» seminarida qayd etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisi yildan-yilga barqaror oshib bormoqda. 1991-yilda aholi soni 21,1 mln bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yilga kelib bu ko‘rsatkich 34,5 mln nafarga yetgan. Prognozlarga ko‘ra, 2030-yilda aholi 41,9 mln va 2032-yilda esa 43,4 mln nafarga yetishi kutilmoqda.

Kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzlar soddalashtirilgan tarzda undiriladi

Kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzlar soddalashtirilgan tarzda undiriladi
Foto: Pexels

Yangi o‘zgartishlarga ko‘ra, bu tartib BHMning 5 baravaridan oshmaydigan summalarga ham tatbiq etiladi. Qonunda davlat ijrochisi uchun bir qator majburiy choralar ham belgilangan. Ularga ko‘ra, qarzdorning bank hisobidagi mablag‘lariga undiruv qaratilishi mumkin. Shuningdek, belgilangan chegara doirasida qarzni ish haqi, pensiya, stipendiya yoki boshqa daromadlardan ushlab qolish orqali ham undirish mumkin.

Dollar tushdi: 22-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

Курс доллара обвалился на 40 сумов на фоне укрепления рубля
Foto: Giorgio Trovato / Unsplash

22-aprel uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 36,78 so‘mga tushib, 12 060,51 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida  shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 50,51 so‘mga tushib, 14 183,21 so‘mni, rubl esa 0,79 so‘mga oshib, 161,32 so‘mni tashkil etdi.

Yangi Chevrolet Onix O‘zbekistonda ishlab chiqariladimi

Yangi Chevrolet Onix O‘zbekistonda ishlab chiqariladimi
Foto: Chevrolet / SI yordamida sayqallangan

General Motors (GM) kompaniyasi bir qator davlatlarda Chevrolet Onix 2026 modelini taqdim etdi. «Kursiv» ushbu avtomobilning mahalliy bozordagi kelajagi yuzasidan «O‘zavtosanoat» AJ matbuot xizmatiga so‘rov yubordi.

Kompaniyaning nashr so‘roviga yo‘llagan javobida hozirgi vaqtda Chevrolet Onix 2026 modelini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmagani qayd etilgan.

Oltinsiz eksport: O‘zbekiston tashqi savdosida pasayish sababi nima

Foto: Milliy statistika qo‘mitasi

2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi $3,5 mlrdni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davridagi $4,64 mlrdga nisbatan qariyb $1,14 mlrd dollarga kamaygan.

Taqqoslash uchun: 2025-yilning dastlabki ikki oyida mamlakat eksport hajmi $4,64 mlrdga yetib, 2024-yildagiga nisbatan 27,7 foizga o‘sgan edi. O‘sha davrda umumiy tashqi savdo aylanmasi $10,8 mlrdni tashkil qilgan va $1,56 mlrd miqdorida manfiy saldo qayd etilgan. 2025-yildagi eksport o‘sishiga, asosan, oltin va xizmatlar ta’sir ko‘rsatgan.

O‘zbekiston telekom bozori Markaziy Osiyoda eng yuqori o‘sishni qayd etdi

Foto: IPSQA

2025-yilda O‘zbekistonning telekommunikatsiya bozori qo‘shni davlatlarga nisbatan 1,5-2 barobar tezroq rivojlanib, umumiy hajmi 24,9 trln so‘mga yetdi. Bu haqda Nexign kompaniyasi Kursiv Uzbekistan nashriga ma’lum qildi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, telekom operatorlari daromadining 81 foizi internet va mobil aloqa xizmatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda sohaning o‘sishi 18,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Qozog‘istonda 11,8 foizni, Qirg‘izistonda esa 8,1 foizni tashkil qilgan.

Afruza Hamdamova shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi

Serbiyaning Vrnachka-Banya shahrida o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik Afruza Hamdamova rapid yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabar bermoqda.

Afruza Hamdamova rapid bahslari yakuniga ko‘ra 8,5 ochko jamg‘arib, jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida Islombek Husanov bronza medalini egalladi.

Yana bir mansabdorning qo‘l soati muhokama ostida: aslida nima bo‘lgan

Yana bir mansabdorning qo‘l soati muhokama ostida
Yana bir mansabdorning qo‘l soati muhokama ostida / Foto: Intervyudan olingan fotolavha

Ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy bank raisi Temur Ishmetovning qo‘l soati haqida tarqalgan xabarlar muhokamalarga sabab bo‘ldi. Markaziy bank holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

2021-yilda Ishmetovning Moliya vaziri lavozimida ishlagan paytdagi intervyudan olingan tasvirlarga tayanib, ayrim manbalar amaldor 27,7 ming yevrolik ($32,5 ming atrofida) Patek Philippe Calatrava soatini taqqani haqida xulosa chiqargan.

Yerlarni ijaraga berish muddati 49 yil etib belgilanadi

Yerlarni ijaraga berish muddati 49 yil etib belgilanadi
Yerlarni ijaraga berish muddati 49 yil etib belgilanadi / Foto: Facebook

O‘zbekistonda yerlarni ijaraga berish muddati noqishloq xo‘jaligi yerlari (sanoat, qurilish va boshqalar) uchun 49 yil etib belgilandi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan yer resurslaridan yanada samarali foydalanishga qaratilgan takliflar taqdimotida ma’lum qilindi.

Taqdimotda qayd etilishicha, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tizimini takomillashtirish zarurati mavjud bo‘lib, yer ijara muddatlarini uzaytirish va shaffof mexanizmlarni joriy etish masalasi dolzarb hisoblanadi. Bugungi kunda qariyb 100 ming gektar yerning ijara muddati tugagan bo‘lib, tadbirkorlar ushbu jarayonni qayta auksionsiz, qulay tartibda uzaytirishni taklif qilmoqda.

Mobil raqamni qayta rasmiylashtirish endi onlayn amalga oshiriladi

Mobil raqamni qayta rasmiylashtirish endi onlayn amalga oshiriladi
Mobil raqamni qayta rasmiylashtirish endi onlayn amalga oshiriladi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Mamlakatda mobil raqamlarni qayta rasmiylashtirish endi onlayn tarzda amalga oshiriladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Endilikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin. Mazkur xizmat foydalanuvchilarga vaqtni tejash va ortiqcha byurokratik jarayonlarni kamaytirish imkonini beradi.

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga jami 74 mlrd so‘m kompensatsiya berildi

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda isitish mavsumi uzaytirildi
Foto: Unsplash

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz uchun jami 73,7 mlrd so‘m kompensatsiya to‘lab berildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, prezident qarori bilan elektr bo‘yicha 150 kVt va gaz bo‘yicha 250 kub metrdan ortiq iste’mol qilingan qism uchun xarajatlar qoplab berilishi belgilangan.

Shuningdek