Boeing yetkazib berish bo‘yicha Airbus’ni ortda qoldirdi

eʼlon qilindi
Kompaniyaning tijoriy samolyotlar yetkazib berishi 2019-yildan beri eng yuqori darajaga yetdi
Foto: Jim Watson / AFP / Getty Images

AQShning aviasozlik giganti Boeing birinchi chorakda samolyotlar yetkazib berish ko‘rsatkichi bo‘yicha 2018-yildan beri ilk bor o‘zining asosiy raqobatchisi Airbus’dan o‘zib ketdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida pul mablag‘larining chiqib ketishi o‘tgan yilgi $2,29 mlrddan $1,45 mlrdgacha qisqargan. Sof zarar qariyb 77 foizga kamayib, $7 mlnni tashkil etdi. Tijorat samolyotlarini yetkazib berish 10 foizga oshib, 143 donaga yetgan va umumiy daromad $22,2 mlrdga ko‘tarilgan.

Kompaniya 737 rusumli samolyotlar ishlab chiqarishni kengaytirishda davom etmoqda hamda yil oxirigacha oyiga 47 ta tor fyuzelyajli samolyot ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, mudofaa va kosmos bo‘linmasining daromadi 21 foizga o‘sib, $7,6 mlrdga yetgan.

«Biz korporativ madaniyatni mustahkamlash va mijozlar ishonchini tiklashda oldinga siljiyapmiz, ayni paytda buyurtmalar portfelini qariyb $700 mlrdga yetkazmoqdamiz», – dedi Boeing bosh direktori Kelli Ortberg.

Ishlab chiqarishdagi ba’zi muammolar hamon saqlanib qolmoqda. Xususan, elektr simlarining shikastlanishi aniqlangani tufayli 25 ta 737 Max samolyoti qayta jihozlangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan My Freighter aviakompaniyasining yangi samolyotiga Abdulla Qodiriy nomi berilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek