Dunyodagi eng qimmat avtomobil brendlari e’lon qilindi

23-aprel 2026 21:47 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Foto: Toyota

2026-yilda avtomobil brendlari umumiy qiymati pasaydi. Jahon bo‘yicha ko‘rsatkich 10 foizga tushib, 498,7 mlrd yevroni tashkil etdi. Tarantas news ko‘ra, ketma-ket ikkinchi yil pasayish kuzatilmoqda.

Eng qimmat avtomobil brendi yana Toyota bo‘ldi. Kompaniya qiymati 54,4 mlrd yevroga teng. Shuningdek, u brend kuchi indeksida ham yetakchi bo‘lib, 92,5 ball oldi.

Ikkinchi o‘rinni Mercedes-Benz egalladi. Uning qiymati 15 foizga kamayib, 40,4 mlrd yevroni tashkil etdi.

Uchinchi o‘rinda BMW turibdi. Kompaniya qiymati barqaror bo‘lib, 38 mlrd yevro darajasida qoldi.

To‘rtinchi o‘rinni Volkswagen egalladi. U nemis brendlari orasida eng katta o‘sishni ko‘rsatib, 10 foizga oshdi va 31 mlrd yevroga yetdi.

Beshinchi o‘rinda Porsche joylashdi. Uning qiymati 30,5 mlrd yevroni tashkil etdi.

Tesla esa oltinchi o‘rinni egalladi. Elektr avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya qiymati $27,6 mlrd deb baholandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yilda sotib olish tavsiya etilmaydigan avtomobillar haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, joriy yilda ayrim avtomobillar texnik muammolar, past ishonchlilik yoki eskirgan texnologiyalar sabab mutaxassislar tomonidan tavsiya etilmayapti.

Shuningdek