Namanganda 1,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish fosh etildi

eʼlon qilindi
Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda
Namanganda 1,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish fosh etildi
Foto: Energetika vazirligi

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida 1,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish fosh etildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Bosh prokuratura shtabi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida oilaviy korxonaga qarashli beton-g‘isht ishlab chiqarish sexi noqonuniy faoliyat yuritgani ma’lum bo‘ldi. Korxona elektr tarmog‘iga hech qanday shartnomasiz o‘zboshimchalik bilan ulangan. Natijada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlangan. Ushbu qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga katta zarar yetkazilgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, zarar miqdori 1 mlrd 558 mln so‘mni tashkil etgan. Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Huquq-tartibot organlari qo‘shimcha tafsilotlarni aniqlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Quvasoyda 1,2 milliard so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj holati aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek