Rossiyada qarovsiz qolgan uch nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

eʼlon qilindi
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, ularning ota-onalari deportatsiya qilingan
Rossiyadan qarovsiz qolgan 3 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Foto: Uzbekistan Airways

22-aprel kuni Rossiya Federatsiyasidan qarovsiz qolgan uch nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, ularning ota-onalari deportatsiya qilingan bo‘lib, jarayon Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari ko‘magida amalga oshirilgan. Bolalar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti orqali poytaxtga yetib keldi. Ular kelgach, Toshkent shahar IIBB huzuridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.

Muvofiqlashtirilgan ishlar natijasida bolalar o‘sha kunning o‘zida o‘z oilalariga topshirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon Rossiyadan jami 40 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarilgan va o‘z yaqinlariga yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Rossiyada qarovsiz qolgan 6 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek