Shavkat Mirziyoyev hokimlik davrida foydalangan “Volga” surati e’lon qilindi — foto
eʼlon qilindi
Tuman hokimligi davlat rahbari ishlagan kabinetni ham qayta tiklagan

Prezident Shavkat Mirziyoyev tuman hokimi lavozimida ishlaganda xizmat avtomobili bo‘lgan «Volga» namoyish etildi.
Mirziyoyev 1992-yildan 1996-yilgacha Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimiga tayinlangan. Tuman hokimligi davlat rahbari ishlagan kabinetni ham qayta tiklagan.
«Volga» sobiq Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘z davrida yuqori martabali rahbarlar va davlat amaldorlari uchun mo‘ljallangan xizmat avtomobili sifatida tanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Shavkat Mirziyoyev Mintaqaviy ekologik sammitdagi so‘zlagan nutqida bir qator tashabbuslarni ilgari surgani haqida yozgan edi.