13 ta tuman hokimiga intizomiy jazo chorasi qo‘llanadi

eʼlon qilindi
Qamashi, Qarshi, Mirishkor, Arnasoy, Sharof Rashidov, Yangiobod, Navbahor, Kosonsoy, Qumqo‘rg‘on, Furqat, Shovot, Shayxontohur va Sergeli tumanlari
Davlat organlarida rahbarning ma’naviyat va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi
Foto: internet

13 ta tuman hokimiga intizomiy jazo chorasi qo‘llanadi. Shavkat Mirziyoyev Qamashi, Qarshi, Mirishkor, Arnasoy, Sharof Rashidov, Yangiobod, Navbahor, Kosonsoy, Qumqo‘rg‘on, Furqat, Shovot, Shayxontohur va Sergeli tumanlari sanoat rejasini bajara olmagani tanqid qildi.

Shu sabab ushbu tuman hokimlariga rejaga yetmagan ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, intizomiy jazo qo‘llash topshirildi.

Shuningdek, elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish va eksport past bo‘lgani qayd etildi. Birinchi chorakda sanoat o‘sishi kutilgan 11,2 foiz o‘rniga 7,8 foizni tashkil etdi. Eksport esa atigi 57 foizga bajarildi.

Bu yo‘nalishda banklar faoliyati ham tanqid qilindi. Garchi eksport uchun $100 mln resurs ajratilgan bo‘lsa-da, birorta bank garovsiz kredit bermagani aytildi.

Mas’ullarga har bir korxona bilan alohida ishlash, muammolarni joyida hal qilish topshirildi. Ikkinchi chorak yakunida ishlab chiqarishni 25 trln so‘mga, eksportni $1 mlrdga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda samaradorlikni oshirish masalasi ham ko‘tarildi. Prezident ilg‘or usullarni keng joriy etish zarurligini aytdi. Shu maqsadda 100 ta korxonada samaradorlik dasturlarini yo‘lga qo‘yish va buning uchun $30 mln grant jalb qilish topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘uzor, Narpay, Urganch, Yangiyo‘l va Chinoz tumanlari hokimlarining lavozimga loyiqligi ko‘rib chiqilishi haqida xabar berilgandi. Qayd etilishicha, ayrim hollarda muammoni yechish o‘rniga, uning yuqori darajaga chiqib ketgani bilan shug‘ullanilmoqda.

Shuningdek