353 mlrd so‘mlik soliq qarzi debitorlar hisobidan undirildi

2026-yil boshidan soliq qarzini undirishning yangi tartibi joriy etildi. Endi qarzdorlikni soliq to‘lovchining debitorlari hisobidan undirish mumkin. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mitaga ko‘ra, aprel oyida soliq organlariga murojaatlar asosida 227 ta korxonaning 71,1 mlrd so‘mlik qarzi undirilgan. Bu mablag‘lar korxonalarning debitorlaridan olingan.
Masalan, Sirdaryodagi Mirzacho‘l agro cluster’ning 10,9 mlrd so‘mlik qarzi boshqa korxona hisobidan qoplandi. Toshkentdagi «Quyuv-mexanika zavodi»ning 1,5 mlrd so‘mlik qarzi ham debitor orqali undirilgan.
Shuningdek, Namangandagi bir kompaniyaning 383,8 mln so‘mlik qarzi ham shu tartibda yopilgan.
Umuman, joriy etilgan tizim orqali jami 353 mlrd so‘mlik qarzdorlik undirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Savdo-sanoat palatasi rahbari QQSni qaytarish jarayonini soddalashtirilmasa, stavkani 6 foizgacha tushirish taklif qilinishini bildirgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi tizimda soliqni qaytarish amaliyoti to‘liq ishlamayapti. Shu sababli tadbirkorlar uchun qulayroq va sodda model zarur. Vaxabov avval ham hukumatga muqobil variant sifatida aylanmadan 6 foizlik soliq joriy etish taklifi kiritilganini eslatgan.