Chevrolet Spark avtomobili «raketa»ga aylantirildi

24-aprel 2026 08:39 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Spark avtomobili «raketa»ga aylantirildi
Foto: Avtoe’lon

Ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet Spark bilan bog‘liq noodatiy video keng tarqaldi. Unda avtomobil egasi kichik hajmli xetchbeknining kuchini sezilarli oshirgan.

Uning aytishicha, oddiy Spark’da quvvat taxminan 95 ot kuchidan 110 ot kuchigacha oshirilgan. Bunga esa bir nechta o‘zgarishlar sabab bo‘lgan. Xususan, yangi moy filtri, sintetik moy qo‘shilgani aytiladi.

Video muallifi avtomobil tezligini ham maqtagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘rtinchi tezlikda mashina 130 km/soatgacha chiqqan. Aslida Chevrolet Spark zavoddan 1,4 litrli atmosferali dvigatel bilan chiqqan. U taxminan 98 ot kuchi ishlab chiqaradi va kundalik shahar harakati uchun mo‘ljallangan.

Foto: Chevrolet

Spark asosan ixcham xetchbek kuzoviga ega. U tor ko‘chalarda harakatlanish va shahar sharoitida parkovka qilish uchun juda qulay hisoblanadi. Avtomobil odatda 1.0 yoki 1.2 litrli benzin dvigatellari bilan jihozlanadi. Ba’zi bozorlarda esa 1.4 litrli variant ham mavjud.

Bu modelning asosiy afzalligi yoqilg‘i tejamkorligidir. O‘rtacha 100 kilometrga 5–6 litr atrofida benzin sarflaydi. Shu sababli Spark ko‘pincha yoshlar va birinchi avtomobil xarid qiluvchilar orasida mashhur.

Chevrolet Spark xavfsizlik jihatidan ham zamonaviy funksiyalar bilan ta’minlangan. Unda ABS, havo yostiqchalari va elektron barqarorlik tizimi mavjud bo‘lishi mumkin. Yangi avlodlarida multimedia tizimi, sensorli ekran va smartfon bilan ulanish imkoniyatlari ham bor.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2026-yilgi Chevrolet Spark rekord savdoni qayd etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek