Eron sobiq shohining o‘g‘li G‘arb davlatlaridan yordam so‘radi

eʼlon qilindi
Pahlaviy Germaniya kansleri Fridrix Merts hukumati uning tashrifi davomida uchrashuv o‘tkazmaganini tanqid qilgan
Eron sobiq shohining o‘g‘li G‘arb davlatlaridan yordam so‘radi
Foto: Reuters

Eron sobiq shohining o‘g‘li Rizo Pahlaviy G‘arb davlatlarini Eron bo‘yicha faolroq choralar ko‘rishga chaqirdi. U bu bayonotni Germaniyaning Berlin shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida bildirgan.

Rizo Pahlaviy Yevropa davlatlarini Tehron hukumatining namoyishlarga nisbatan siyosatiga yetarli darajada javob bermayotganlikda aybladi. Uning aytishicha, o‘tgan yil oxiridagi norozilik namoyishlari davomida minglab odamlar halok bo‘lgan.

Unga ko‘ra, o‘zgarish muqarrar, ammo savol shundaki, G‘arb davlatlari tomoshabin bo‘lib turgan paytda yana qancha eronlik hayotdan ko‘z yumadi. Pahlaviy Germaniya kansleri Fridrix Merts hukumati uning tashrifi davomida uchrashuv o‘tkazmaganini tanqid qildi. U demokratik davlatlarni istalgan shaxs bilan muloqot qilish huquqidan foydalanishga chaqirdi.

Ma’lumot uchun, Rizo Pahlaviy Eronning oxirgi shohi Muhammad Rizo Pahlaviyning o‘g‘li hisoblanadi. U 1960-yilda tug‘ilgan va 1979-yilgi inqilobdan so‘ng oilasi bilan mamlakatni tark etgan. Hozirda u Eron muxolifati vakillaridan biri sifatida tanilgan.

Pahlaviylar sulolasiga uning bobosi Rizo Shoh Pahlaviy asos solgan. Rizo Shoh 1925-yilda hokimiyatga kelib, Qajarlar sulolasini ag‘darib tashlagan va yangi davlat boshqaruvini o‘rnatgan. U mamlakatni 1941-yilgacha boshqargan.

1941-yilda Rizo Shoh taxtni o‘g‘li Muhammad Rizo Pahlaviyga topshirgan. Muhammad Rizo Pahlaviy Eronni 1979-yilgacha boshqargan. Shu yili Eron inqilobi yuz berib, monarxiya tugatilgan va Oyatulloh Ruhulloh Xumayniy boshchiligida islomiy respublika e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Eron Hormuz bo‘g‘ozini barcha tijorat kemalari uchun ochgani haqida yozgan edi.

Shuningdek