Inflyatsiyaga ta’sir qiladigan iste’mol savatidagi mahsulot va xizmatlarning 70 foizi o‘zimizniki — prezident

eʼlon qilindi
Mutasaddilar va hududlar rahbarlariga joriy yilda inflyatsiyani 6,5 foiz darajasida ushlab turish vazifasi qo‘yilgan
Inflyatsiyaga ta’sir qiladigan iste’mol savatidagi mahsulot va xizmatlarning 70 foizi o‘zimizniki — prezident
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev inflyatsiyaga ta’sir qiladigan iste’mol savatidagi mahsulot va xizmatlarning 70 foizi mahalliy bozorda ishlab chiqarilishini qayd etdi. Bu haqda u hudud va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha birinchi chorak yakunlari tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilgan.

Yil boshidan jahon bozorida neft narxi qariyb 40 foizga oshgani qayd etildi. Global ziddiyatlar sabab logistika yo‘nalishlari o‘zgarib, tashish xarajatlari keskin ko‘tarilmoqda. Bu eksportda ham, importda ham qo‘shimcha xarajatlarga olib kelmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, transport xarajatlari 25–30 foizga oshgan.

Tashqi omillar tufayli yuzaga kelayotgan inflyatsiya ichki narxlarga ham bosim o‘tkazmoqda. Bu omil umumiy inflyatsiyaga qo‘shimcha 1 foizgacha ta’sir qilishi mumkin.

«Qancha harakat qilib, iqtisodiyotni o‘stirmaylik, agar inflyatsiya ham oshib boraversa, aholi va tadbirkorlar hayotida ijobiy o‘zgarish sezilmaydi. Chunki tovar, ish va xizmatlar narxining oshishi ko‘paygan daromadni qadrsizlantiradi», –— degan prezident.

Mutasaddilar va hududlar rahbarlariga joriy yilda inflyatsiyani 6,5 foiz darajasida ushlab turish vazifasi qo‘yildi. Buning uchun ichki bozorda mahsulotlar taklifini oshirish va narxlarni pasaytirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonning turizm eksporti $1,1 mlrdni tashkil etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek