Marg‘ilonda 1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish aniqlandi
eʼlon qilindi
Pichoqchi mahallasidagi ko‘p qavatli uyda

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida 1,6 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Tekshiruv davomida Pichoqchi mahallasidagi ko‘p qavatli uyda gazdan shartnomasiz foydalanib kelingani aniqlangan.
Holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirildi. 1,6 mlrd so‘m miqdorida zarar qayta hisoblab chiqildi. To‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga kompensatsiya to‘lovlari belgilangandi. Aniqlanishicha, korxona atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, atmosfera havosini muhofaza qilish talablari buzilgan.