Sanoat zonalaridagi bo‘sh yerlar uchun loyiha portfeli shakllantiriladi

eʼlon qilindi
226 ta sanoat zonasining 213 gektarida hali loyihalar boshlanmagan
Toshkentdagi korxonasini Sirdaryoga ko‘chiradigan tadbirkorlarga yerlar chegirma bilan beriladi
Foto: ijtimoiy tarmoq

Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda sanoat zonalaridan samarali foydalanish masalasini keskin tanqid qildi. Qayd etilishicha, budjet hisobidan infratuzilma olib borilgan 226 ta sanoat zonasining 213 gektarida hali loyihalar boshlanmagan.

Shu bilan birga, 27 ta sanoat zonasida aksincha, loyihalar joylashtirilgan bo‘lsa-da, zarur infratuzilma mavjud emas. Bu esa ishlarning sust ketayotganini ko‘rsatmoqda.

Hokimlarga auksiondan tushgan mablag‘larni tadbirkorlik infratuzilmasiga yo‘naltirishga ruxsat berilgani eslatildi. Mas’ullarga eng zarur hududlar bo‘yicha kommunikatsiya olib borishni tezlashtirish topshirildi.

Viloyat hokimlarining investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlariga aniq vazifa qo‘yildi. Ular infratuzilma tayyor bo‘lgan sanoat zonalaridagi bo‘sh yerlar uchun yangi investitsiya loyihalari portfelini shakllantirishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 13 ta tuman hokimiga intizomiy jazo chorasi qo‘llanishi xabar qilingandi. Prezident Qamashi, Qarshi, Mirishkor, Arnasoy, Sharof Rashidov, Yangiobod, Navbahor, Kosonsoy, Qumqo‘rg‘on, Furqat, Shovot, Shayxontohur va Sergeli tumanlari sanoat rejasini bajara olmagani tanqid qildi.

Shuningdek