Avto

Xiaomi YU7 GT avtomobili qachon taqdim etiladi

Model Pekindagi avtosalonda namoyish etilgan
Xiaomi YU7 GT avtomobili qachon taqdim etiladi
Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi yangi Xiaomi YU7 GT elektromobilini may oyining oxirida rasman taqdim etishini e’lon qildi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda. Model Pekindagi avtosalonda namoyish etildi.

Yangi avtomobil standart YU7 dizaynini saqlab qolgan. Shu bilan birga, u sportcha elementlar, yangi ranglar va yaxshilangan aerodinamik paket bilan ajralib turadi. Kuzov Cherry Red rangida taqdim etiladi, old qismida esa brendga xos faralar qo‘llangan.

Foto: Xiaomi

YU7 GT o‘lchamlari ham e’tiborga molik. Avtomobil uzunligi 5 metrga yaqin, kengligi 2 metrni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi 3 metr bo‘lib, bu uni katta va qulay SUVlar qatoriga kiritadi. Eng asosiy e’tibor texnik ko‘rsatkichlarga qaratilgan. Model ikki dvigatelli tizim bilan jihozlangan. Umumiy quvvat 990 ot kuchiga yetadi. Avtomobil maksimal 300 km/soat tezlikka chiqa oladi.

Bir zaryadda yurish masofasi 700 km atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, avtomobil pnevmatik osma, faol barqarorlik tizimi va yuqori samarali tormozlar bilan ta’minlangan. Kompaniya rahbari Lei Junning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil haydovchilik zavqi va uzoq masofali safarlar uchun mo‘ljallangan.

Foto: Xiaomi

Narxi taxminan 450 mingdan 500 ming yuan oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda. Bu qariyb $65 mingdan $72 minggacha degani.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi nega arzon elektromobillar ishlab chiqarmasligi haqida yozgan edi.