Dam olish kunlari 23 ta bankda valyuta ayirboshlash mumkin — ro‘yxat

eʼlon qilindi
25 − 26-aprel, shanba va yakshanba kunlari
Dam olish kunlari 18 ta tijorat bankida valyuta ayirboshlash mumkin
Foto: Navsesto/Depositphotos

25 − 26-aprel, shanba va yakshanba kunlari 23 ta tijorat banki tomonidan valyuta ayirboshlash va xalqaro pul oʻtkazmalari xizmatlari koʻrsatiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Dam olish kunlari valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalari shoxobchalari quyidagi banklarda faoliyat yuritadi:

Shu bilan birga, aholi 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank boʻlimiga tashrif buyurmasdan, tijorat banklarining mobil ilovalari orqali kunning istalgan vaqtida onlayn valyuta ayirboshlash imkoniyatiga ega.

Eslatma: bank boʻlimlarining ish tartibi hudud va filialga qarab farq qilishi mumkin. Shu sababli aniq ma’lumotlarni bevosita tijorat banklaridan oldindan aniqlashtirish tavsiya etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar haftani kichik o‘sish bilan boshlashi haqida yozgandi. 27-aprel uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 4,52 so‘mga oshib, 12 020,48 so‘mni tashkil qildi. 

Shuningdek