Eng qimmat 2026 Chevrolet Equinox narxi 46,5 ming dollarga yetdi

25-aprel 2026 18:03 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Foto: Chevrolet

2026-yilgi Chevrolet Equinox modelining eng to‘liq komplektatsiyasi $46,5 minggacha baholandi. GM Authority yozishicha, bu narx RS AWD versiyasi uchun amal qiladi.

Mazkur model sport uslubiga yaqin dizayni bilan ajralib turadi. U qora rang elementlari va 20 dyuymli g‘ildiraklari bilan boshqalardan farq qiladi. Qo‘shimcha opsiyalar, masalan, maxsus bo‘yoq, lyuk va boshqa paketlar narxni oshiradi.

Salon ichida esa zamonaviy texnologiyalar va qulayliklarga urg‘u berilgan. Xavfsizlik tizimlari, multimedia va qo‘shimcha xizmatlar umumiy narxga sezilarli ta’sir qiladi.

Shunga qaramay, to‘liq jihozlangan Equinox o‘z segmentida hali ham raqobatbardosh hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi Chevrolet Camaro haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘lgani xabar qilingandi. Tarantas News xabariga ko‘ra, model ichki yonuv dvigatelini saqlab qoladi va mexanik uzatma bilan ham taklif qilinadi.

Yangi Camaro avtomat va 6 pog‘onali mexanik uzatma bilan chiqarilishi kutilmoqda. Bu esa klassik haydovchilik hissini yoqtiradigan muxlislar uchun muhim yangilik bo‘ldi.

Shuningdek