Yangi Chevrolet Camaro haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘ldi

25-aprel 2026 15:25 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Yangi Chevrolet Camaro haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Foto: Chevrolet

Chevrolet Camaro yangi avlodi haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Tarantas News xabariga ko‘ra, model ichki yonuv dvigatelini saqlab qoladi va mexanik uzatma bilan ham taklif qilinadi.

Yangi Camaro avtomat va 6 pog‘onali mexanik uzatma bilan chiqarilishi kutilmoqda. Bu esa klassik haydovchilik hissini yoqtiradigan muxlislar uchun muhim yangilik bo‘ldi.

Model oldingi joylashuvdagi dvigatel va orqa g‘ildirakdan tortish tizimini saqlab qoladi. Shu orqali avtomobil o‘zining an’anaviy sport xarakterini yo‘qotmaydi.

Biroq asosiy o‘zgarish kuzovda bo‘lishi mumkin. Yangi Camaro ikki eshikli kupedan voz kechib, to‘rt eshikli va yanada amaliy formatga o‘tishi ehtimoli bor.

Model yangilangan Alpha 2 platformasida qurilishi kutilmoqda. Shu platforma kelajakdagi Cadillac va Buick modellari uchun ham ishlatiladi.

Nashr yozishicha, Chevrolet bozordagi talabni inobatga olib, sport avtomobilni yanada ommabop qilishga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, mexanik uzatma va orqa tortish tizimi orqali modelning asl ruhini saqlab qolishga intilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilishi xabar qilingandi. Kompaniya ma’lum qilishicha, yuqori talab va ko‘plab murojaatlar sabab barcha komplektatsiyalar uchun shartnomalar ochiladi.

Kontraktatsiya 2026-yil 28-aprel kuni soat 10:00 dan boshlanadi. Mijozlar shartnomani uzavtosavdo.uz sayti orqali onlayn rasmiylashtirishi yoki rasmiy dilerlik markazlariga murojaat qilishi mumkin.

Shuningdek