
Misr poytaxti Qohirada o‘tkazilayotgan o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogida Jovohir Soxibov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
Musobaqaning 10 metr masofaga pnevmatik miltiqdan otish yo‘nalishida milliy jamoa a’zosi Jovohir Soxibov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Saralash bosqichida ham muhim natija qayd etildi. Soxibov 631.0 ochko to‘plab, O‘zbekiston tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichni yangiladi. U ushbu bosqichda Fransiya va Hindiston sportchilarini ortda qoldirib, finalga yo‘l oldi.
Hal qiluvchi bosqichda esa hamyurtimiz 251.2 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi va musobaqa g‘olibiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston xokkey terma jamoasi jahon chempioni bo‘lgani haqida yozgan edi.