Sport

Javohir Sohibov Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Sohibov 631.0 ochko to‘plagan
Jovohir Soxibov Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Foto: Mudofaa vazirligi

Misr poytaxti Qohirada o‘tkazilayotgan o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogida Javohir Sohibov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

Musobaqaning 10 metr masofaga pnevmatik miltiqdan otish yo‘nalishida milliy jamoa a’zosi Javohir Sohibov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Saralash bosqichida ham muhim natija qayd etildi. Sohibov 631.0 ochko to‘plab, O‘zbekiston tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichni yangiladi. U ushbu bosqichda Fransiya va Hindiston sportchilarini ortda qoldirib, finalga yo‘l oldi.

Hal qiluvchi bosqichda esa hamyurtimiz 251.2 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi va musobaqa g‘olibiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston xokkey terma jamoasi jahon chempioni bo‘lgani haqida yozgan edi.