Samarqandda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi, baholangan kichik AES reaktorlari — hafta davomida e’lon qilingan yangiliklar

eʼlon qilindi
Endilikda banklar kredit uchun kartadagi hamma pulni yechib ololmaydi
Samarqandda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi, baholangan kichik AES reaktorlari — hafta davomida e’lon qilingan yangiliklar
Foto: Depositphotos

Samarqandda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi, baholangan kichik AES reaktorlari — hafta davomida e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Kichik AES reaktorlari narxi 1 milliard dollarga baholandi

Foto: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi uchun mo‘ljallangan birinchi ikkita kichik reaktor qurilishi taxminan $1 mlrdga tushadi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Suxrob Abdurahmonov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan «Innoprom. Markaziy Osiyo» ko‘rgazmasida ma’lum qildi.

Elektr stansiyasi loyihasi mamlakatning energetik xavfsizligini mustahkamlash va elektr energiyasi manbalarini diversifikatsiya qilish orqali boshqa manbalarga bog‘liqlikni kamaytirishga qaratilgan.

Mobil raqamni qayta rasmiylashtirish endi onlayn amalga oshiriladi

Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Mamlakatda mobil raqamlarni qayta rasmiylashtirish endi onlayn tarzda amalga oshiriladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Endilikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin. Mazkur xizmat foydalanuvchilarga vaqtni tejash va ortiqcha byurokratik jarayonlarni kamaytirish imkonini beradi.

Kattaqo‘rg‘onda 100 gektarlik mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi

Foto: Tosun

Samarqand viloyatida sanoat salohiyatini kengaytirish doirasida Kattaqo‘rg‘on tumani hududida 100 gektarlik mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

«Samarqand viloyatida mashinasozlik sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorda viloyatda mashinasozlik klasterini rivojlantirish hamda sanoat tarkibida ushbu yo‘nalish ulushini oshirish asosiy maqsad sifatida belgilangan.

Hormuz bo‘g‘ozidagi keskinlik fonida gaz va neft narxi deyarli 10 foizga qimmatlashdi

Hormuz bo‘g‘ozidagi keskinlik fonida gaz va neft narxi sezilarli qimmatlashdi

Foto: Pexels

Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyat keskinlashgani fonida Yevropada gaz va neft narxi keskin oshdi. Bu haqda Oneinvest.com nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, savdo boshida gaz fyucherslari qariyb 10 foizga qimmatlashgan. Shu bilan birga, brent neft narxi ham ko‘tarildi. Iyun oyiga yetkazib beriladigan neft fyucherslari 7 foizdan ortiq oshib, bir barrel uchun $96,8 ga yetdi.

AQShda erkak sakkiz bolani otib o‘ldirdi

AQShda bir erkak sakkiz bolani otib o‘ldirdi

Foto: Shutterstock

AQShning Luiziana shtatidagi Shrivport shahrida yuz bergan otishma oqibatida sakkiz nafar bola halok bo‘ldi. Hodisa 19-aprel kuni ertalab sodir bo‘lgan.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, voqea oilaviy mojaro ortidan yuzaga kelgan. Jami 10 kishi jabrlangan, ularning 8 nafari voqea joyida yoki keyinroq vafot etgan. Qurbonlarning yoshi 1 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari vakili Kristofer Bordelonning aytishicha, hodisa bir nechta manzilda sodir bo‘lgan. Asosiy voqea G‘arbiy 79-ko‘chadagi uyda yuz bergan. Shuningdek, Harrison ko‘chasida va unga yaqin boshqa manzilda ham bog‘liq holatlar qayd etilgan.

Germaniyada o‘zbekistonliklar uchun qator sohalarda ish o‘rni ochildi: maosh 2,5 ming dollardan boshlanadi

Germaniyada texnik mutaxassislar uchun ish taklif qilindi

Foto: Unsplash

Germaniyada o‘zbekistonliklar texnik kasb egalari uchun yangi ish imkoniyatlari e’lon qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar bermoqda.

Ish o‘rinlari muhandislik, sanoat, logistika va ishlab chiqarish yo‘nalishlarini qamrab oladi. Qurilish loyihalari rahbarlari, elektr ustalari, mexaniklar, chilangarlar, shuningdek, ombor va ishlab chiqarish xodimlariga talab mavjud.

Yaponiyada kuchli zilzila ortidan sunami xavfi e’lon qilindi

Yaponiyada kuchli zilzila ortidan sunami xavfi e’lon qilindi

Foto: Reuters

20-aprel kuni Yaponiyaning shimoli-sharqiy sohillari yaqinida kuchli zilzila sodir bo‘ldi. NHK nashrining qayd etishicha, hukumat yirik sunami hodisasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yaponiya meteorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, zilzila epitsentri Tinch okeanida, taxminan 10 km chuqurlikda joylashgan. Hodisadan so‘ng sunami xavfi e’lon qilindi. Yer silkinishining magnitudasi 7,5 ga teng bo‘lgani ma’lum qilingan.

Yangi Chevrolet Tracker O‘zbekistonda qachon ishlab chiqariladi

Yangi Chevrolet Tracker O‘zbekistonda qachon ishlab chiqariladi

Foto: Chevrolet

General Motors (GM) kompaniyasi bir nechta davlatlarda yangi Chevrolet Tracker 2026 modelini taqdim etdi. Kursiv Uzbekistan avtomobilning mahalliy bozordagi kelajagi bo‘yicha «O‘zavtosanoat» AJ matbuot xizmatiga so‘rov yubordi.

Kompaniya matbuot xizmatining «Kursiv» nashriga ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda Chevrolet Tracker 2026 modelini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmagan.

2032-yilga borib O‘zbekistonda aholi soni 43 mln bo‘lishi kutilmoqda

2032-yilga borib O‘zbekistonda aholi soni 43 mln bo‘lishi kutilmoqda

Foto: Pexels

2032-yilga borib O‘zbekistonda aholi soni 43 mln bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Demografiya, bandlik va turmush darajasini prognoz qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Maqsud Zokirov ma’lum qildi. U bu haqda «O‘zbekistonda demografik barqarorlik: ma’lumotlar, siyosat va iqlim o‘zgarishi» seminarida qayd etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisi yildan-yilga barqaror oshib bormoqda. 1991-yilda aholi soni 21,1 mln bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yilga kelib bu ko‘rsatkich 34,5 mln nafarga yetgan. Prognozlarga ko‘ra, 2030-yilda aholi 41,9 mln va 2032-yilda esa 43,4 mln nafarga yetishi kutilmoqda.

Kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzlar soddalashtirilgan tarzda undiriladi

Kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzlar soddalashtirilgan tarzda undiriladi

Foto: Pexels

Yangi o‘zgartishlarga ko‘ra, bu tartib BHMning 5 baravaridan oshmaydigan summalarga ham tatbiq etiladi. Qonunda davlat ijrochisi uchun bir qator majburiy choralar ham belgilangan. Ularga ko‘ra, qarzdorning bank hisobidagi mablag‘lariga undiruv qaratilishi mumkin. Shuningdek, belgilangan chegara doirasida qarzni ish haqi, pensiya, stipendiya yoki boshqa daromadlardan ushlab qolish orqali ham undirish mumkin.

O‘zbekiston telekom bozori Markaziy Osiyoda eng yuqori o‘sishni qayd etdi

Foto: IPSQA

2025-yilda O‘zbekistonning telekommunikatsiya bozori qo‘shni davlatlarga nisbatan 1,5-2 barobar tezroq rivojlanib, umumiy hajmi 24,9 trln so‘mga yetdi. Bu haqda Nexign kompaniyasi Kursiv Uzbekistan nashriga ma’lum qildi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, telekom operatorlari daromadining 81 foizi internet va mobil aloqa xizmatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda sohaning o‘sishi 18,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Qozog‘istonda 11,8 foizni, Qirg‘izistonda esa 8,1 foizni tashkil qilgan.

Afruza Hamdamova shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi

Serbiyaning Vrnachka-Banya shahrida o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik Afruza Hamdamova rapid yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabar bermoqda.

Afruza Hamdamova rapid bahslari yakuniga ko‘ra 8,5 ochko jamg‘arib, jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida Islombek Husanov bronza medalini egalladi.

Endilikda yer va binolarga egalik bilan bog‘liq ishlar hakamlik sudlarida ko‘rib chiqilmaydi

Endilikda yer va binolarga egalik bilan bog‘liq ishlar endi hakamlik sudlarida ko‘rib chiqilmaydi

Foto: Pexels

Endilikda yer va binolarga egalik, Davlat budjeti hamda davlat tashkilotlaridan pul undirish bilan bog‘liq ishlar hakamlik sudlarida ko‘rib chiqilmaydi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Yangi qabul qilingan qonun bilan hakamlik sudyalariga qo‘yiladigan talablar ham kuchaytirildi. Endi ular Adliya vazirligi tasdiqlagan maxsus dastur asosida o‘quv kursidan o‘tishi shart. Bundan tashqari, sudyalar o‘z malakasini doimiy ravishda oshirib borishi kerak bo‘ladi.

Uch kunlik chaqaloqni 4 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Uch kunlik chaqaloqni 4 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Foto: Pexels

Buxoro viloyatida tug‘ilganiga uch kun bo‘lgan chaqaloqni $4 mingga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi. Viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, ona 2008-yilda tug‘ilgan.

Buxoro viloyati IIB tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan 6-aprel kuni o‘tkazilgan tadbir davomida chaqaloq savdosining oldi olingan. Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi kelishilgan summaning bir qismini olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. U shartli mijozdan $800 olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlandi.

Endilikda banklar kredit uchun kartadagi hamma pulni yechib ololmaydi

Endilikda banklar kredit uchun kartadagi hamma pulni yechib ololmaydi

Foto: Kursiv Uzbekistan

Endilikda banklar kredit uchun kartadagi hamma pulni yechib ololmaydi. Bu haqda Uzcard to‘lov tizimi Telegram kanalida ma’lum qildi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, 2026-yil 15-apreldan boshlab kartada kamida bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning uch baravariga teng mablag‘ doimiy qolishi shart. Bu shuni anglatadiki, yechib olish operatsiyalari balansni to‘liq nolga tushirmaydi.

Yevropa Ittifoqida migrantlar soni rekord darajaga yetdi

Yevropa Ittifoqida migrantlar soni rekord darajaga yetdi

Foto: shutterstock

Yevropa Ittifoqida migrantlar soni tarixiy maksimumga yetdi. Mustaqil RFBerlin instituti hisobotiga ko‘ra, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 64,2 mln kishini tashkil etdi.

So‘nggi bir yil ichida migrantlar soni 2,1 mln kishiga oshgan. 2010-yilda Yevropa Ittifoqida taxminan 40 mln migrant yashagan edi. Shunday qilib, 15 yil ichida bu ko‘rsatkich 60 foizdan ortiq o‘sdi. Hozirda migrantlar YI aholisi tarkibining 14,2 foizini tashkil etmoqda. Eng ko‘p migrantlar Germaniyada yashaydi. Bu mamlakatda ularning soni qariyb 18 mln nafarga yetgan.

Shuningdek