Tramp ishtirok etayotgan tadbirda otishma yuz berdi — video

eʼlon qilindi
AQSh prokuraturasi gumonlanuvchiga zo‘ravonlik jinoyati paytida qurol ishlatish va federal xodimga hujum qilish ayblovlari qo‘yilishini ma’lum qilgan
Tramp ishtirok etayotgan tadbirda otishma yuz berdi — video
Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirok etgan tadbir vaqtida otishma yuz berdi. Hodisa Oq uy muxbirlarining yillik kechki ovqat marosimi chog‘ida sodir bo‘lgan.

Voqea Vashingtondagi «Washington Hilton» mehmonxonasida o‘tkazilgan tadbirda ro‘y berdi. Xavfsizlik punktida qurollangan shaxs hujum qilishga uringan va o‘q uzgan. Shundan so‘ng Tramp va uning rafiqasi zudlik bilan xavfsiz joyga olib chiqilgan.

Video: Ijtimoiy tarmoq

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchi maxsus xizmat xodimiga qarata o‘q uzgan. Agent zirhli jilet sabab jarohatdan qutulib qolgan va ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. Gumonlanuvchi voqea joyida qo‘lga olingan.

Huquq-tartibot organlari hujumchining yolg‘iz harakat qilganini taxmin qilmoqda. Uning yonidan ov miltig‘i, to‘pponcha va bir nechta pichoqlar topilgan. Hodisa vaqtida zalda qariyb 2600 kishi bo‘lgan.

Foto: Reuters

Shundan so‘ng tadbir bekor qilindi. Tramp esa chiqishida gumonlanuvchini ruhiy muammoli shaxs deb atagan va marosim keyinroq qayta o‘tkazilishini bildirgan.

AQSh prokuraturasi gumonlanuvchiga zo‘ravonlik jinoyati paytida qurol ishlatish va federal xodimga hujum qilish ayblovlari qo‘yilishini ma’lum qildi. Hozircha hujum sabablari aniqlanmagan. Bu voqea 2024-yilda Trampga qarshi sodir etilgan ikki suiqasd urinishidan keyin yuz berdi. Rasmiylar tergovni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Pentagon NATO ichida bosim choralarini muhokama qilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek