28-apreldan 4-maygacha 9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Kutilayotgan yomg‘irlar sabab
28-apreldan 4-maygacha 9 ta viloyatda sel va suv toshqini xavfi e’lon qilindi
Foto: iStock

28-apreldan 4-maygacha kutilayotgan yomg‘irlar sabab ayrim hududlarda sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Bunda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek, ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planib, past joylarni suv bosishi ehtimoli bor.

«O‘zgidromet» tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolarni, dam oluvchilarni va haydovchilarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 27-aprel kuni ba’zi hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Havo harorati esa 26–31 daraja atrofida bo‘ladi.

Shuningdek