635 mlrd so‘mlik loyiha: Prezident Karkidon majmuasida bo‘ldi

eʼlon qilindi
Quva tumanidagi loyiha 2 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlaydi
Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatining Quva tumanidagi «Karkidon» suv omborida barpo etilgan yangi turizm majmuasiga tashrif buyurdi. Maskanda agroturizm, ekoturizm va ekstremal turizm imkoniyatlari birlashtirilgan.

Foto: president.uz

Davlat rahbarining 2025-yil 1-apreldagi qaroriga asosan shakllantirilayotgan majmua 508 gektar maydonni egallaydi. Hududda 45 ta shale, 57 ta zamonaviy mehmon uyi, lavandazor, ekobozor va restoranlar tashkil etilgan. Majmua 2027-yildan to‘liq quvvatda ishga tushirilishi, natijada yiliga 750 ming sayyohni qabul qilishi ko‘zda tutilgan.

Loyiha doirasida yuzdan ortiq tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, $5 mlnlik xizmatlar eksporti va 3 mlrd so‘mlik budjet tushumi ta’minlanishi kutilmoqda. Kelgusida ushbu maskanda motokross, karting hamda golf maydonlari va 2 kilometrli dor yo‘li qurilishi rejalashtirilgan. Asosiy maqsad hududni faol turizm bo‘yicha flagman manzilga aylantirish hisoblanadi.

Tashrif davomida mamlakatning boshqa hududlarida amalga oshiriladigan loyihalar ham taqdimot qilindi. Xususan, Qoratereng, Arashan ko‘llari hamda «Ko‘ksaroy», «Sobirsoy» va «Kattaqo‘rg‘on» suv omborlari atrofida ham shunga o‘xshash yirik turizm majmualarini barpo etish belgilangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Farg‘ona vodiysida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek