Farg‘onaga tashrif buyurgan Mirziyoyev, Shveysariyada sud qilinayotgan Karimova — 27-aprel kuni e’lon qilingan yangiliklar

eʼlon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Qo‘qondagi «Yangi O‘zbekiston» massivi bilan tanishdi
Farg‘onaga tashrif buyurgan Mirziyoyev, Shveysariyada sud qilinayotgan Karimova — 27-aprel kuni e’lon qilingan yangiliklar
Foto: Pexels

Farg‘onaga tashrif buyurgan Mirziyoyev, Shveysariyada sud qilinayotgan Karimova — 27-aprel kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Nvidia kompaniyasining kapitali 5 trln dollardan oshdi

Nvidia kapitallashuvi 5 trln dollardan oshdi
Foto: Unsplash

Nvidia aksiyalari 4,3 foizga yuqoriladi. Oninvest nashrining qayd etishicha, umumiy o‘sish fonida kompaniya kapitallashuvi yana $5 trln darajasidan oshdi.

Bu ko‘rsatkich oxirgi bor 2025-yil noyabr boshida qayd etilgan edi. Shundan beri kompaniya qiymati bu darajadan pastda qolayotgan edi. O‘sishga Intel va Texas Instruments kuchli moliyaviy natijalari turtki berdi. Investorlar butun chip ishlab chiqaruvchilar sektoriga faol qayta kira boshladi.

Nima uchun Rossiya Berlinni yonilg‘i bilan ta’minlaydigan Qozog‘iston neft ta’minotini to‘sib qo‘ymoqda

Nima uchun Rossiya Berlinni yoqilg‘i bilan ta’minlaydigan Qozog‘iston neft ta’minotini to‘sib qo‘ymoqda
Foto: Pexels

Rossiya 1-maydan boshlab Qozog‘iston neftining Germaniyadagi Shvedt neftni qayta ishlash zavodiga tranzitini to‘xtatmoqchi. Ushbu zavod Berlin dizel yonilg‘i ehtiyojining 90 foizidan ortig‘ini qoplaydi, deya yozmoqda Oninvest nashri.

Avval zavod Rosneftga tegishli edi. Biroq Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin Germaniya uni nazoratga oldi. Shundan so‘ng xomashyo Rossiya o‘rniga Qozog‘istondan yetkazib berila boshlandi. Neft «Drujba» neft quvuri orqali Rossiya hududi orqali o‘tib kelardi.

Shavkat Mirziyoyev Qo‘qondagi «Yangi O‘zbekiston» massivi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qo‘qondagi «Yangi O‘zbekiston» massivi bilan tanishdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga tashrifi Qo‘qon shahridagi «Yangi O‘zbekiston» massivida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdan boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu hudud uchun jami 1 trln 850 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Loyihaga ko‘ra, bu yerda 25 ming nafar aholi yashashi uchun barcha sharoitlar yaratiladi. 84 ta ko‘p qavatli uy bilan birga maktablar, bog‘chalar, oliy o‘quv yurti, savdo va biznes markazlari hamda dam olish maskanlari quriladi.

Toshkent aeroportida odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol ushlandi

Toshkent aeroportida odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol ushlandi
Foto: DXX

Toshkent xalqaro aeroportida odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoiy guruh a’zosi bo‘lgan ayol qizlarni xorijga aldov yo‘li bilan yuborish bilan shug‘ullangan. U 4 nafar qizni jalb qilgan va ulardan birini o‘zi bilan Dubayga olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Gulnora Karimova ishi Shveysariyada sud bosqichiga o‘tdi

Gulnora Karimova ishi Shveysariyada sud bosqichiga o‘tdi
Foto: Shutterstock

Shveysariyada O‘zbekiston sobiq prezidentining qizi Gulnora Karimova bilan bog‘liq yirik korrupsiya ishi sud bosqichiga o‘tdi. Bu haqda Finews nashri xabar bermoqda.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Karimova telekommunikatsiya kompaniyalaridan pora olish bilan shug‘ullangan keng tarmoqli tizim yaratganlikda gumon qilinmoqda. 2012-yilda Shveysariya Bosh prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Unda korrupsiya, jinoiy guruh faoliyatida ishtirok etish va pul yuvish ayblovlari ilgari surilgan. Keyinchalik Jenevadagi xususiy banklardan birining sobiq xodimi ham tergovga tortilgan.

Eron AQShga bo‘g‘ozni qayta ochish bo‘yicha kelishuv taklif qildi — Axios

Eron AQShga bo‘g‘ozni qayta ochish bo‘yicha kelishuv taklif qildi — Axios
Foto: Unsplash

Axios nashrining ma’lum qilishicha, Eron AQShga bo‘g‘ozni qayta ochish bo‘yicha kelishuv taklif etdi. Taklif AQSh tomoniga vositachilar orqali yetkazilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, rasmiy Tehron yadroviy muzokaralarni keyingi bosqichga qoldirish taklif qilgani aytilmoqda. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ushbu tashabbusni mintaqaviy uchrashuvlarda muhokama qilgan. U Islomobod va Maskatda o‘tkazilgan muzokaralarda vositachilar bilan uchrashgan.

Angrenda yirik YTH sodir bo‘ldi

Angrenda yirik YTH sodir bo‘ldi — video
Foto: IIB

Toshkent viloyatining Angren shahrida yirik yo‘l-transport hodisasi (YTH) sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 26-aprel kuni soat 23:10 atrofida «A-373» avtomobil yo‘lining 93-kilometrida HOWO yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada u shu yo‘nalishda harakatlanayotgan yana to‘rtta transport vositasi bilan to‘qnashgan.

Farg‘ona vodiysida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Farg‘ona vodiysida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Foto: prezident matbuot xizmati

Farg‘ona vodiysida Qo‘qon, Namangan, Andijon va Marg‘ilon shaharlarini bog‘lovchi yangi elektropoyezd ishga tushirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev ushbu yo‘nalishdagi ilk qatnovda ishtirok etdi. Yangi temir yo‘l halqasi 324 kilometrni tashkil etadi. U vodiy hududlari o‘rtasidagi qatnovni yengillashtiradi va aholiga qulay transport yaratadi.

Qaysi banklarda muammoli kreditlar miqdori yuqori

1-aprel holatiga ko‘ra, mart oyida banklardagi muammoli kreditlar (NPL) umumiy miqdori 19,9 trln so‘mga tushgan. Bu ko‘rsatkich fevral oyi bilan solishtirilganda qariyb 2 foizga, ya’ni 400 mlrd so‘mga tushgan. Fevral oyida bu ko‘rsatkich 20,3 trln so‘mni tashkil etgandi.

Jami kreditlardagi NPL ulushi 3,2 foizga tushdi. Fevral oyida bu ko‘rsatkich 3,3 foizni tashkil qilgan. 1-aprel holatiga ko‘ra, banklarning kredit portfeli 623,3 trln so‘mni tashkil etgan. Fevral oyiga nisbatan 9,6 trln so‘mga oshgan.

Shuningdek