Fond bozori: investorlar qaysi aksiyalardan zarar ko‘rdi

eʼlon qilindi
17-apreldan 24-aprelgacha bo‘lgan davrda
Fond bozori: qaysi aksiyalar qimmatlashib, qaysilari arzonlashdi
Foto: depositphotos

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 17-apreldan 24-aprelgacha bo‘lgan davrda salbiy dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 1,04 foizga tushdi.

Ushbu davr mobaynida «O‘ztransgaz» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 16,75 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «SQB»ning imtiyozli aksiyalari (+11,61%) va «Trastbank» (4,79) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

O‘z navbatida, «O‘zbektelekom»ning ham oddiy, ham imtiyozli aksiyalari bo‘yicha korreksiya kuzatildi (30,88 foizga). Eslatib o‘tamiz, «O‘zbektelekom»ning ham oddiy, ham imtiyozli aksiyalari boʻyicha savdolar jamiyat ustav fondini kapitalizatsiya qilish natijasida qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi munosabati bilan toʻxtatilgandi, 21-aprel kunidan esa savdolar qayta tiklandi. Kapitalizatsiyadan keyin qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bozor narxlari oddiy aksiyalar uchun 2 400 so‘mni, imtiyozli aksiyalar uchun esa 2 033,33 so‘mni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, «Ipoteka-bank» aksiyalari (-6,63%) ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «SQB»ning oddiy aksiyalarida o‘zgarish kuzatilmadi.

17-apreldan 24-aprelgacha bitimlar soni bo‘yicha Chilonzor buyum savdo kompleksi (3 065 ta), «O‘zRTXB» (1 639 ta) va «Hamkorbank» (1 600 ta) peshqadam bo‘ldi.

Aksiyalar bozorida ushbu haftada hajm bo‘yicha esa «O‘zRTXB» (1,87 mlrd so‘m) yetakchilik qildi. «Hamkorbank» (1,56 mlrd so‘m) va «O‘zsanoatqurilishbank» (503,92 mln so‘m) aksiyalari yuqori uchlikdan joy oldi.

Yuqori likvidli aksiyalardan oltitasi haftani ijobiy, bittasi o‘zgarishsiz va 11 tasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonchadagi umumiy hajmi 15,71 mlrd so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq nima uchun «O‘zmetkombinat» aksiyalari yil boshidan beri ikki barobar qimmatlashgani haqida ma’lumot berilgandi. Qariyb bir oy ichida, 2026-yilning 16-martidan 14-apreligacha «O‘zmetkombinat» (UZMK) oddiy aksiyalari 36 foizga qimmatlashdi, yil boshidan buyon esa ularning qiymati ikki barobardan ziyodga oshdi.

Shuningdek