Gulnora Karimova ishi Shveysariyada sud bosqichiga o‘tdi

eʼlon qilindi
Ishning cho‘zilib ketishiga sabab murakkab tergov jarayonlari va noodatiy protsessual qarorlar bo‘lgan
Gulnora Karimova ishi Shveysariyada sud bosqichiga o‘tdi
Foto: Shutterstock

Shveysariyada O‘zbekiston sobiq prezidentining qizi Gulnora Karimova bilan bog‘liq yirik korrupsiya ishi sud bosqichiga o‘tdi. Bu haqda Finews nashri xabar bermoqda.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Karimova telekommunikatsiya kompaniyalaridan pora olish bilan shug‘ullangan keng tarmoqli tizim yaratganlikda gumon qilinmoqda. 2012-yilda Shveysariya Bosh prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Unda korrupsiya, jinoiy guruh faoliyatida ishtirok etish va pul yuvish ayblovlari ilgari surilgan. Keyinchalik Jenevadagi xususiy banklardan birining sobiq xodimi ham tergovga tortilgan.

Ishning cho‘zilib ketishiga sabab murakkab tergov jarayonlari va noodatiy protsessual qarorlar bo‘lgan. Hatto Shveysariya tarixida ilk bor sud xorijga chiqib, so‘roq o‘tkazgan. 2026-yil boshida Toshkentda Karimova yana so‘roq qilingan.

U hozir O‘zbekistonda qamoqda saqlanmoqda. Hozircha asosiy ayblanuvchilarning sudda ishtirok etishi noma’lum. Karimovaning shaxsan kelishi kutilmayapti, boshqa ayblanuvchining qayerdaligi esa aniq emas.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingan va oshxonada sud qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek