Avto

Hongqi P567 avtomobili taqdim etildi

Yo‘ltanlamas 0 dan 100 km/soatga 4,5 soniyada tezlashadi
Hongqi P567 avtomobili taqdim etildi
Foto: Autonews

Xitoyning FAW Group tarkibidagi Hongqi brendi yangi Hongqi P567 yo‘ltanlamasini namoyish qildi. Bu haqda Autonews nashri xabar bermoqda. Model P567 indeksi bilan Pekin avtoshousi 2026da taqdim etildi.

Yangi SUV dizayni brendning boshqa modellaridan keskin farq qiladi. Avtomobil burchakli kuzov, yirik radiator panjarasi va katta bamperlar bilan ajralib turadi. Keng arkalar, tekis tom va orqa eshikda joylashgan zapas g‘ildirak uning offroud imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

Foto: Autonews

Salonda uch shoxli rul, raqamli pribor paneli va katta ekranli multimedia tizimi o‘rnatilgan. Mashina gibrid kuch qurilmasiga ega bo‘lib, 2,0 litrli benzin dvigateli va to‘rtta elektr motor bilan jihozlangan.

Foto: Autonews

Jami quvvat 843 ot kuchiga yetadi. Yo‘ltanlamas 0 dan 100 km/soatga 4,5 soniyada tezlashadi. Bir zaryad va yoqilg‘i bilan umumiy yurish zaxirasi 1350 kmgacha yetadi. Hozircha avtomobil narxi ochiqlanmagan. U avval Xitoy bozorida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Keyinchalik boshqa bozorlarga ham chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Hongqi yangi avtomobilini qachon taqdim etishi ma’lum bo‘lgani haqida yozgan edi.