Honor 600e taqdimotdan oldin testlarda paydo bo‘ldi

27-aprel 2026 10:43 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Honor 600e taqdimotdan oldin testlarda paydo bo‘ldi
Foto: Honor

Honor yangi arzon smartfoni Honor 600e ustida ish olib bormoqda. Qurilma taqdimotdan oldin test platformalarida paydo bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon MediaTek Dimensity 7100 protsessori bilan jihozlanadi. U 6 nm texnologiyada ishlab chiqilgan va 8 yadrodan iborat.

Geekbench testlarida qurilma bir yadroli rejimda 985 ball, ko‘p yadroli rejimda esa 2983 ball to‘plagan. Shuningdek, unda 8 GB operativ xotira bo‘lishi va Android 16 tizimida ishlashi kutilmoqda.

Ekran FHD+ formatda bo‘lib, 1200×2600 piksel o‘lchamga ega bo‘ladi. Displey yuqori aniqlik va yupqa ramkalar bilan taqdim etiladi.

Rasmiy taqdimot sanasi hali e’lon qilinmagan, biroq model global bozorga chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor Magic 9 Pro Max smartfoni qanday kamera bilan chiqishi haqida ma’lumot berilgandi. Kameralardan biri asosiy modul, ikkinchisi esa periskop zoom kamera bo‘ladi. Bu esa uzoq masofadan sifatli suratga olish imkonini oshiradi. Yangi modelda video sifati ham sezilarli yaxshilanadi.

Shuningdek