Nega yurak saratoni kam uchraydi — olimlar sirni ochdi

eʼlon qilindi
Doimiy bosim va uzluksiz qisqarishlar yurakni rak hujayralari rivojlanishidan himoya qilishi ma’lum bo‘ldi
Foto: sanfordhealth.org

Italiyaning Triyest shahridagi Xalqaro genetik muhandislik markazi (ICGEB) olimlari yurak saratoni nima sababdan noyob kasallik ekanini tadqiq qildi. Ularning xulosasiga ko‘ra, a’zoning to‘xtovsiz qisqarishi va undagi bosim o‘sma hujayralarining ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi.

Serena Zakkinya boshchiligidagi tadqiqotchilar o‘z gipotezasini sinab ko‘rish uchun sichqonlarga ikkinchi yurakni ko‘chirib o‘tkazdi. Bu qo‘shimcha yurak qon bilan ta’minlangan, ammo to‘liq nasos funksiyasini bajarmagan. Shundan so‘ng hayvonlar tanasiga o‘sma hujayralari kiritildi. Natijada urmayotgan yurak saraton tomonidan to‘liq qamrab olindi, normal ishlayotgan yurakda esa kasallik rivojlanmadi.

Foto: smithsonianmag.com

«Bosuvchi kuchlarni oshirish, ehtimol, tananing chekka qismlaridagi o‘smalarni davolash uchun to‘liq mos kelishi mumkin», – deydi Gamburgdagi Eksperimental tibbiyot markazi kardiologi Tomas Eshenxagen.

Olimlar mexanik kuchlanishning qaysi qismi o‘sma hujayralariga ta’sir qilishini o‘rganish maqsadida yurak to‘qimasini laboratoriya sharoitida o‘stirdi. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, saraton o‘sishini to‘xtatuvchi asosiy omil bu tortilish emas, balki aynan bosim bo‘lgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha akademik Xab tashkil etishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek