Shavkat Mirziyoyev Qo‘qondagi “Yangi O‘zbekiston” massivi bilan tanishdi

eʼlon qilindi
Ushbu hudud uchun jami 1 trln 850 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan
Shavkat Mirziyoyev Qo‘qondagi «Yangi O‘zbekiston» massivi bilan tanishdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga tashrifi Qo‘qon shahridagi «Yangi O‘zbekiston» massivida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdan boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu hudud uchun jami 1 trln 850 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Loyihaga ko‘ra, bu yerda 25 ming nafar aholi yashashi uchun barcha sharoitlar yaratiladi. 84 ta ko‘p qavatli uy bilan birga maktablar, bog‘chalar, oliy o‘quv yurti, savdo va biznes markazlari hamda dam olish maskanlari quriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Hozirga qadar birinchi bosqich yakunlanib, 4 ming 394 xonadondan iborat 56 ta o‘n qavatli uy foydalanishga topshirilgan. Tayyor xonadonlar aholiga 35 foizlik boshlang‘ich to‘lov bilan, 20 yil muddatga va yillik 16 foiz stavkada taqdim etilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari yangi xonadonlardan birini ko‘zdan kechirdi va yaratilgan sharoitlarni baholadi. U mazkur massiv nafaqat yashash joyi, balki odamlarning hayot sifati va turmush madaniyatini oshiruvchi muhitga aylanishi zarurligini ta’kidlagan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, shu yerning o‘zida «Yangi O‘zbekiston» massivining ikkinchi bosqichi va Qo‘qon shahrini rivojlantirish bo‘yicha yangi reja taqdimoti ham namoyish etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Shavkat Mirziyoyev Qamashi, Qarshi, Mirishkor, Arnasoy, Sharof Rashidov, Yangiobod, Navbahor, Kosonsoy, Qumqo‘rg‘on, Furqat, Shovot, Shayxontohur va Sergeli tumanlari sanoat rejasini bajara olmaganini tanqid qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek