
Xiaomi yangi Xiaomi 17T smartfonini taqdimotdan oldin sinovlarda ko‘rsatdi. Gizmochina’ga ko‘ra, qurilma Geekbench bazasida paydo bo‘lib, uning asosiy xususiyatlari oshkor bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, smartfon MediaTek Dimensity 8500 protsessori bilan ishlaydi. Unda 12 GB operativ xotira mavjud. Qurilma Android 16 operatsion tizimi va HyperOS 3 qobig‘i bilan ishlaydi.
Sinov natijalariga ko‘ra, protsessor yuqori unumdorlikka ega. Unda bitta kuchli, uchta o‘rta va to‘rtta energiya tejamkor yadro mavjud. Grafik uchun Mali-G720 MC8 ishlatiladi.
Avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi 17T 6500 mA/soat batareyaga ega bo‘ladi. 67 Vt tez zaryadlash qo‘llab-quvvatlanadi. Old kamera 32 MP bo‘lishi mumkin.
Smartfonning rasmiy taqdimoti yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor 600e taqdimotdan oldin testlarda paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon MediaTek Dimensity 7100 protsessori bilan jihozlanadi. U 6 nm texnologiyada ishlab chiqilgan va 8 yadrodan iborat.