28-aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Janubiy viloyatlarda harorat 35 darajagacha ko‘tariladi, ayrim hududlarda esa shamol kuchayadi
Foto: Mirjalol Norqobilov / Kursiv Uzbekistan

O‘zbekiston bo‘ylab 28-aprel kuni havo o‘zgaruvchan bo‘lib, hududlarning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ammo ayrim viloyatlar va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, shamol kuchayib, chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Toshkent shahri, Sirdaryo, Jizzax va Xorazm viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Poytaxtda harorat kunduzi 27-29 daraja bo‘lishi prognoz qilingan. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kunduzi havo ochiq bo‘ladi, biroq kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoli bor.

Qashqadaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida eng yuqori harorat qayd etilib, kunduzi 30-35 darajani tashkil etadi. Ushbu hududlar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida shamol tezligi 7-12 m/s gacha esib, chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin.

Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Respublika tog‘oldi va tog‘li hududlarida ham yog‘ingarchilik va momaqaldiroq bo‘lishi, harorat 17-22 darajagacha pasayishi aytilgan. Momaqaldiroq paytida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkinligi qo‘shimcha qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 28-apreldan 4-maygacha 9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek