29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi
eʼlon qilindi
29-aprel 20:00 gacha amal qiladi

29-aprel kuni O‘zbekistonning aksariyat joylarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa qisqa muddatli yomg‘ir hamda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat esa hududlarga qarab kechasi 7–22°, kunduzi esa 17–35° atrofida bo‘ladi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 28–30° | 15–17° | Yog‘ingarchilik kutilmaydi |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati | 28–33° | 12–17° | Yog‘ingarchilik kutilmaydi |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | 30–35° | 15–20° | Yog‘ingarchilik kutilmaydi |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | 28–33° | 15–20° | Yog‘ingarchilik kutilmaydi |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 30–35° | 17–22° | Yog‘ingarchilik kutilmaydi |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 26–31° | 15–20° | Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin |
| Tog‘ oldi va tog‘li hududlar | 17–22° | 7–12° | Ayrim joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq, sel-suv toshqin xavfi mavjud |